O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi hamda koreys millatiga mansub vatandoshlar O‘zbekistonda yashayotganligining 80 yilligiga bag‘ishlab ko‘rgazma ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Janubiy Koreyaning Toshkentdagi elchixonasi va O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga diplomatik korpus vakillari, san’atshunoslar, rassomlar va OAV xodimlari taklif etildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuriddinov, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Iskra Shin va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Korean Festival–2017 doirasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma O‘zbekistond yashab kelayotgan koreys millatiga mansub vatandoshlar — taniqli rassomlar Nikolay Shin, Nikolay Pak, Anatoliy Ligay, Aleksandr Li, Iskra Shin, Lana Lim, Yelena Li, Vladimir Kim, Tatyana Li, Svetlana Shin, Svetlana Soy ijodiga bag‘ishlangan.
Ko‘rgazmada mualliflarning rangtasvir, grafika yo‘nalishlaridagi bir yuz ellikka yaqin asari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
Izoh (0)