24-sentabr kuni soat 12:00 larda Amir Temur shoxko‘chasi 65-uy qarshisida 2001-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi haydovchilik guvohnomasi va tegishli hujjatlarsiz Lada-110 rusumli avtoulovni boshqarib, Cobalt, “Vaz-21013” va Matiz rusumli avtoulovlar bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB saytida ma’lum qilindi.
YTH oqibatida Lada-110 haydovchisiga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi. “Vaz-21013” yo‘lovchisi, 1973-yilda tug‘ilgan ayol kishi olingan jarohatlar tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) alomatlari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)