Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Iroq Kurdistoni mustaqilligi masalasida o‘tkazilayotgan onlayn ovoz berish jarayonida birinchi bo‘lib Xitoyda istiqomat qiluvchi kurd tadbirkor ovoz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Kurdiston Oliy mustaqil saylov komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur onlayn ovoz berish jarayoni Iroq Kurdistoni yoki “Kurdistondan tashqaridagi kurd hududlari” rezidenti maqomiga ega va ayni vaqtda xorijda bo‘lib turgan Iroq fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

Birinchi ovoz Xitoyning Chjetszyan viloyati, Iu shahridan kelgan. Ovoz 15 yildan beri Xitoyda istiqomat qiluvchi asli kurd biznesmen — Sabor Haydar Bozor tomonidan berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi