Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh maxsus xizmatlari Suriyadagi IShID tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarda va o‘zini “butunlay xavfsiz” his qilmoqda. Buni Dayr-az-Zavr sharqidagi hududning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari tasdiqlaydi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Twitter / @mod_russia

Foto: Twitter / @mod_russia

Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan suratlarda AQSh maxsus xizmatlari ixtiyoridagi zirhlangan “Xammer”lar ko‘rinadi. Taxmin qilinishicha, bu mashinalarda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari jangchilari harakatlanadi.

“Suratlarda jangovor qarama-qarshiliklarning alomati yo‘qligi sababli, bu “Xammer”larda harakatlanuvchilar IShID ga qarshi emasligini anglatadi”, — deb xulosa qilgan Rossiya mudofaa vazirligi. Vazirlik suratlarda AQSh qurolli kuchlari bo‘linmalarining tayanch punktlari yoki amerika maxsus xizmatlari aks etganini ko‘rsatuvchi boshqa belgilarni keltirmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi