Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaga rahbarligi davomida sobiq prezident Viktor Yanukovich 40 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirdi. Bu haqda YES sammiti davomida mamlakat bosh prokurori Yuriy Lutsenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Yuriy Lutsenko. Foto: “Korrespondent.net”

Yuriy Lutsenko. Foto: “Korrespondent.net”

“Xalqaro ekspertizaga ko‘ra, sobiq prezident Viktor Yanukovich Ukrainadan 40 milliard dollar o‘g‘irlagan. Bu mamlakatning bir yillik budjetiga teng”, — dedi Lutsenko.

Bosh prokurorga ko‘ra, bunga asosan gaz narxi bo‘yicha Ukraina va Yevropa o‘rtasidagi tafovut hamda soliq bilan bog‘liq qallobliklar yordamida erishilgan.

“Hozirda davlat xaridlarida misli ko‘rilmagan korrupsiya yo‘q. Prozzoro tizimi ishlamoqda. Shu bilan birga, Ukrainada davlat monopoliyasi va bojxonadagi muammolar hal etilishi lozim”, — ta’kidladi prokuror.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi