Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov “Irma” to‘fonidan so‘ng mamlakat Kuba, Fransiya va AQShga yordam taklif qilganini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz ikki tomonlama tartibda hukumatlararo kelishuvlar doirasida amaliy yordam taklif etdik. Hozircha hamkasblar barcha masalalarni ko‘rib chiqmoqda, zarar hisoblanmoqda, bayonotlar tayyorlanmoqda”, — dedi u.
Rossiya AQShga yordam taklif etishi haqidagi savolga javob berarkan, Puchkov quyidagilarni ma’lum qildi:
“Biz taklif qilib bo‘ldik. Barchasi umumiy yordam paketida. AQSh, Fransiya va Kuba — yordam tegishli tartibda taqdim etilishi mumkin”.
Izoh (0)