Ispaniya hukumati Facebook kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan reklama namoyishi uchun foydalangani uchun 1,2 million yevro jarimaga tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Regulyatorning tushuntirishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plagan, ammo qanday maqsadda bu ish amalga oshirilgani xabar qilinmagan.
Bu ma’lumotlar maqsadga ko‘ra ishlatilganidan so‘ng ham saqlanishda davom etgan. Bundan tashqari, Facebook foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqdan tashqaridagi so‘rovlari haqida ma’lumot to‘plagan.
Facebook shunchaki foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatilganini iddao etmoqda. Bu reklamaning foydalanuvchi uchun kerakli ekanligini kompaniya ishchilari layklarga qarab bilgan.
“Qanday axborotni profiliga qo‘shishni foydalanuvchilarning o‘zi hal qiladi. Biz bu reklamani reklama targetingi uchun ishlatmaymi”, — ishontirmoqda kompaniya vakillari.
Izoh (0)