O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov AQShning Toshkentdagi elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashdi. Bu haqda IIV rasmiy sayti ma’lum qildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining, jumladan, Interpol tashkiloti orqali aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Pamela Spratlen favqulodda vaziyatda qanday harakat qilish bo‘yicha birgalikda mashqlar o‘tkazishni, shuningdek, har ikki davlat huquqni muhofaza qilish tuzilmalarining narkotrafikka, odam savdosiga va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi hamkorligini mustahkamlashni taklif qildi.
Suhbat yakunida tomonlar har ikki taraf manfaatdor bo‘lgan masalalar yuzasidan muzokaralar samarali kechganidan mamnun ekanini izhor etdi.
Izoh (0)