Germaniya g‘arbidagi Vuppertal shahrida noma’lum shaxs o‘tkinchi odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqeada bir kishi halok bo‘lgani, bir kishi yaralangani ma’lum. Jinoyatchi voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda uni politsiya qidirmoqda.
Voqeaning sabablari hozircha noma’lum. Hujum shaxsiy ixtilof tufayli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)