AQSh qurolli kuchlari Xitoyning DJI kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan uskunalar kiberhujumlardan yaxshi himoyalanmagani uchun ulardan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“DJI mahsulotlari kiberhujumlarga qarshi himoyalanmagani bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘payishi munosabati bilan AQSh armiyasi ushbu kompaniyaning barcha mahsulotlaridan foydalanishdan voz kechadi”, — deyiladi armiya xabarnomasida.
Pentagon texnik mutaxassislarining hisobotida DJI apparaturasi, xususan, uchuvchisiz uchish qurilmalaridagi nuqsonlar borasida 300 ga yaqin xabar qayd qilindi.
Izoh (0)