Britaniyalik rassom Saymon Birch Los-Anjelesdagi ko‘rgazmada uning ishlarini sindirib qo‘ygan xitoylik talaba ustidan sudga shikoyat qilmasligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 14-iyul kuni Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) ro‘y bergan edi. Bir muddatdan so‘ng esa qiz xitoylik talaba bo‘lgani aniqlandi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan qiz selfi tushaman deb bir qancha san’at asarlarini sindirib qo‘ygan, umumiy zarar miqdori 200 ming dollarni tashkil qilgan edi.
Shunga qaramay, san’atkor qizni kechirganini bildirdi.
Saymon Birchning Gonkongda istiqomat qiladi. Uning asarlari London, Los-Anjeles, Mayami, Gonkong, Pekin, Singapur va Tokio muzeylarida namoyish etiladi.
Izoh (0)