Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Megan Jonson qiz farzandini dunyoga keltirgach, uning turmush o‘rtog‘i chaqaloqning dunyoga kelganidan xursand bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarga surat joylashtirdi. Tug‘uruqdan bir necha yil oldin Meganga yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan edi. Unga boshqa bir yurak ko‘chirib o‘tkazilib, yashashi uchun yana bir imkoniyat berilgandi. Meganning turmush o‘rtog‘i Natanning aytishicha, uning yuragi tug‘uruq vaqtida yaxshi ishlagan, qizi Eyli Keyt esa tez tug‘ilgan. “Men boy insonman!”, — deb yozgan edi Natan Instagram’ga. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Foto: Gofundme

Foto: Gofundme

Keyingi olti soat davomida juftlik chaqaloqdan nari ketmagan. “Ular shu darajada hayajonda ediki, hatto uxlay olishmadi, shuning uchun vaqtni chaqaloqning yonida o‘tkazishdi va butun tong davomida gaplashib chiqishdi”, — deydi Natanining do‘sti Josh Uilson.

Shundan so‘ng Jonson so‘na boshladi va soat 11 da hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi Uilson GoFundMe’dagi sahifasiga.

“Albatta Natanning dili vayron bo‘ldi. Aytadigan so‘z bo‘lmagani uchun, men ko‘p gapirmayman. Mening bilganim Natan — ajoyib inson va ajoyib ota. U o‘z qizini juda yaxshi ko‘radi”.

Foto: Instagram/@iamnathanjohnson

Foto: Instagram/@iamnathanjohnson

Uilsonning aytishicha, Natan Jonson qizini uyga olib ketgan, hozirda u oila a’zolari va yaqinlarining qurshovida. Uilsonning The Washington Post’ga so‘zlashicha, u GoFundMe platformasidan sahifa ochib, shu kungacha 400 ming dollar yig‘ib qo‘ygan.

Foto: Instagram/@iamnathanjohnson

Foto: Instagram/@iamnathanjohnson

Hozircha Megan Jonsonning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Amerika kardiologlari assotsatsiyasining ogohlantirishicha, yurak transplantatsiyasini amalga oshirgan ayollarda homiladorlik vaqtida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.

Jonson 2002-yilda 15 yoshli qizaloq edi. U o‘zining chidamliligini yo‘qotguniga qadar basketbol, voleybol va futbol o‘ynab turgan.

“Men yaqindagina basketbol mavsumini yakunladim, biroq men zinadan hansiramasdan chiqa olmayman. Men yugura olmayman”, — degan edi Megan 2011-yilda.

Jonson yurak yetishmovchiligiga olib keladigan virus bilan zararlangan bo‘lib, unga miokardit tashxisi qo‘yilgan. Oradan yetti yil o‘tib asoratlar qaytdi.

2010-yilda 23 yoshli Meganga Sent-Luisdagi Barnes-Jewish Hospital shifoxonasida yurak ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Oradan bir yil o‘tib u turmushga chiqdi va Neshvillga ko‘chib ketdi.

Jonson ko‘p yillar davomida doim organlarni hadya etish borasida gapirgan. Bu haqda u o‘zining blogida yozgan va mahalliy OAVda chiqish qilgan.

Uilsonning The Post’ga aytishicha, Jonsonning organlaridan 50 dan ortiq odam foydalanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi