Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Prezident shifoxonaning eski binolarini yangilash borasidagi loyihalar bilan tanishdi. Bemorlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi ruhiy-tibbiy xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid qaroriga muvofiq, shifoxonada qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. 2015—2016-yillarda 4 ta yangi bino foydalanishga topshirildi. Ikki qavatli yana bitta korpus qurilmoqda.

Davlat rahbari shifoxonaning tashqi va ichki ko‘rinishini tartibga keltirish, bu yerda ishlayotgan tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xususan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Muruvvat” uyida ham bo‘lib, bemorlar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

1979-yilda qurilgan internatning bugungi kunda bino konstruktiv elementlarining texnik holati ta’mirtalab. Davlat rahbariga mazkur internat hududini kengaytirish va qo‘shimcha binolar qurish loyihasi haqida ma’lumot berildi.

“Ulug‘ ayyom kunlari bunday savob ishlarni qilish, bemorlar holidan xabar olish har birimizning e’tiborimizda bo‘lmog‘i zarur”, — dedi davlat rahbari.

Prezident mazkur shifoxona hududi yonida qo‘shimcha qurilish ishlari olib borish, kasalliklarning turiga qarab alohida binolar qurish va joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri