Fotogalereya: Kann kinofestivali — 2017 ning qimmatbaho taqinchoqlari
“Vedomosti” shu yilning 17-maydan 28-mayga qadar bo‘lib o‘tadigan 70-Kann kinofestivaliga tashrif buyurgan ayol mehmonlar qanday qimmatbaho taqinchoqlar taqib kelgani borasidagi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Avakian
Model Sara Sampayo noksimon ko‘rinishga ega Kolumbiya zumradi bilan bezatilgan zirakda.
Boucheron
Aktrisa Salma Xayek Boucheron’ning yangi Hiver Impérial zargarlik kolleksiyasiga tegishli Baikal marjonida. Uning markazida 78,33 og‘irlikka ega “Santa-Mariya” avkamarini joylashgan, shuningdek, brilliantlar, marvarid va oy toshlari bilan bezatilgan.
Bulgari
Aktrisa Svetlana Xodchenkova festivalning 70 yillik yubileyiga Bulgari’ning yangi Festa yuqori zargarlik san’ati kolleksiyasiga tegishli marjon va bilaguzugi bilan tashrif buyurdi. Asalari shaklidagi taqinchon pushti oltindan, zangori yoqut va turli shakldagi brilliantlar bilan bezatilgan.
Cartier
Monika Belluchchi butun kinofestival davomida Cartier’ga tegishli qimmatbaho buyumlarda bo‘ladi. Ochilish marosimida boshlovchilik qilgan aktrisa yoqut va brilliantlar bilan bezatilgan platinali taqinchoqda paydo bo‘ldi.
Cartier
Aktrisa Robin Rayt The Dark of Night filmining premyerasida mashhur Panthère de Cartier bilaguzugi bilan.
Chaumet
Aktrisalar Berenis Bejo (chapda) va Uma Turman Chaumet’ning La Nature yuqori zargarlik san’ati kolleksiyasiga tegishli ziraklarda.
Chopard
Aktrisa Sharliz Teron asosi 342 karatli noyob olmos bilan bezatilgan Teron Garden of Kalahari Collection taqinchoqlarida.
Chopard
Qo‘shiqchi Rianna Kann festivalida Chopard bilan hamkorlikda yaratilgan birinchi taqinchoqlar kolleksiyasini — Rihanna Loves Chopard’ni namoyish qildi.
de Grisogono
Model va aktrisa Kara Depevin Moschino oqshomida Grisogona taqinchoqlarida.
Piaget
Aktrisa Olga Kurilenko Piaget’ning “Quyosh nurining sayohati” kolleksiyaga kiruvchi ziraklarda
Izoh (0)