Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2017-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Sun Litsze.

Sun Litsze.
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11—15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi, O‘zbekiston delegatsiyasining “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki yakunlariga yuqori baho berildi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston—Xitoy muzokaralari davlatlararo munosabatlarning ikki tomonni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarida yangi sahifani ochgani qayd etildi.

Uchrashuvda XXR raisi Si Szinpin va boshqa Xitoy rahbarlari bilan Pekin shahrida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...