AQShning Time jurnali yangi soni muqovasida mamlakat prezidentining qarorgohi — Oq Uy sekin-asta pravoslav avliyosi Xushbaxt Vasiliyga aylanishi namoyish etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Aytilishicha, muqova sondan o‘rin olgan bir maqolaga bag‘ishlangan. Mazkur maqolada Rossiya maxsus xizmatlari nafaqat serverlarni, balki ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni buzishni o‘rgangani aytiladi.
“Aftidan, Rossiya, nihoyat, ega bo‘lishni xohlagan, ammo ‘sovuq urush yillari’ erisha olmagan imkoniyatlariga — AQShdagi voqealarning borishini ijtimoiy fikr manipulyatsiyasi yordamida o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, — deyiladi maqolada.
Izoh (0)