“Suriya demokratik kuchlari” qurolli koalitsiyasi otryadlari Suriyaning Rakka shahridan sharqdagi Hamrat al-G‘animda joylashgan IShID forpostini qamal bilan oldi. Ushbu aholi yashash punkti jangarilardan butunlay tozalandi, deb xabar beradi “TASS”.
O‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida kurd ko‘ngillilari va koalitsiya tarkibiga kiruvchi arab qabilalari jangchilari IShID saflaridagi o‘nlab yollanma jangarilarni yo‘q qildi.
Shuningdek, koalitsiya kuchlari Rakkadan 6 kilometr sharqdagi Badir aholi yashash joyini egalladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)