Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qip-qizil qilib yog‘da qovurilgan kartoshkani sevmaydiganlar bo‘lmasa kerak? Lekin hammamiz ham bu taomning organizm uchun unchalik foydali emasligini va uni tez-tez yeyish zararli ekanligini yaxshi bilamiz.

Foto: “Zhenskoe-mnenie.ru”

Foto: “Zhenskoe-mnenie.ru”

Kartoshka frini an’anaviy usullardan boshqacharoq qilib tayyorlash ham mumkin. Bu taomni kamroq yog‘ solib, duxovkada pishirsa ham bo‘ladi.

Zarur masalliqlar:

  • Kartoshka — 4 dona.
  • Sarimsoq donasi — 2 ta.
  • O‘simlik yog‘i — 3 osh q.
  • Maydalangan paprika — 1 osh q.
  • Tuz — 1 osh q.
Avvalo ziravorli yog‘ni tayyorlaymiz.

Buning uchun chuqur idishga keraklicha yog‘ni, qirg‘ichda qirilgan sarimsoqni solamiz. Tuz va paprikani ham solib aralashtiramiz.

Kartoshkani po‘stidan tozalaymiz va somon shaklida to‘g‘raymiz.

To‘g‘ralgan kartoshkani quritamiz va ustidan ziravorli yog‘ni quyamiz.

Ziravorli yog‘ kartoshka bo‘laklariga bir tekisda tarqalishi uchun qo‘llarimiz bilan yaxshilab aralashtiramiz.

Maxsus patnisga pergament to‘shaymiz va uning ustiga kartoshkani joylashtiramiz.

Kartoshka bo‘laklari bir-biriga tegib turmasa shirinroq chiqadi.

Ularni oldindan 200ºC gacha qizdirilgan duxovkada 20—25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Tayyorlanish vaqti kartoshkaning qanday qalinlikda kesilishiga bog‘liq.

Duxovkada pishirilgan xushbo‘y va mazali kartoshka fri tayyor, yoqimli ishtaha!

Manba: “Delo vkusa”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...