Venesuela prezidenti Nikolas Maduro muxolifatni tinch aholini o‘ldirishda aybladi. Bu haqda Globovision telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Davlat rahbari uning siyosiy raqiblari buning uchun snayperlardan foydalanganini ta’kidlamoqda.
Maduro muxolifat kuchlari va politsiya o‘rtasidagi oxirgi to‘qnashuvlarda bir necha kishining halok bo‘lganligiga izoh berdi. “Kecha Madridda yosh ishchi halok bo‘ldi. Unga Demokratik birlik blogi tomonidan aholini o‘ldirish uchun mamlakatning bir nechta tumanlariga joylashtirilgan snayperlar tomonidan o‘q uzilgan”, — dedi Maduro.
U, shuningdek, Las-Mersedes shahrida yosh jurnalistning ham o‘ldirilganligini ma’lum qildi. Maduro halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va ular o‘limi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi.
Mamlakat IIV rahbari Nestor Reverol ham qotillik muxolifatchilar snayperlari tomonidan sodir etilganligini ma’lum qildi. Venesuela muxolifati esa, o‘z navbatida, hukumat kuchlarini namoyishchilarni o‘ldirish uchun snayperlardan foydalanishda ayblamoqda.
Izoh (0)