AQShda ishsizlik 2007-yildagi darajagacha pasaydi
2017-yilning aprelida AQShda ishsizlik darajasi 4,4 foizgacha pasaydi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bu 2007-yil may oyidan beri kuzatilayotgan eng kam ko‘rsatkichga aylandi.
Ma’lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligidan boshqa sohalarda band amerikaliklar soni 211 ming kishiga ko‘paygan.
Maosh esa soatiga yetti sentga oshib, yillik ko‘rsatkich bo‘yicha 2,5 foizni ko‘rsatdi.
Bandlikning aholi soniga nisbati 60,2 foizgacha ko‘tarilib, 2017-yildagi eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi. Shuningdek, mazkur daraja 2009-yil fevralidan beri kuzatilayotgan eng baland ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
