AQShning G‘arbiy Virjiniya shtati, Charlston shahridagi Yeger aeroportida kichik yuk samolyoti qo‘nish jarayonida uchish-qo‘nish tasmasidan tashqariga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Short 330 samolyoti jiddiy zarar ko‘rdi. Uning bortida ikki kishi bor edi, ikkisi ham halok bo‘ldi.
Aeroport vaqtinchalik yopildi. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.