Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik bo‘lgan ikki shaxs va Tojikistonning bir fuqarosi avtomobillarni talon-taroj qilish bilan bog‘liq 8 ta ish bo‘yicha sud qilinadi, deb xabar beradi “1news.uz”.

Rossiyaning Tula viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular o‘zaro til biriktirib 2016-yilning 19-sentabridan 9-noyabriga qadar 7 marta avtomobil turar joylaridagi mashinalardan o‘zgalar mulkini o‘g‘irlagan. Ular avtokompressorlar, avtomagnitola, navigatorlar, akkumulyatorlar va turli asbob-anjomlarni o‘g‘irlagan.

Bundan tashqari, ulardan ikki nafari “Avtologistik” MCHJ avtoservisida ham o‘g‘rilikni amalga oshirgan. Umumiy yetkazilgan zarar 155 ming rubldan ortiqroq. Ayblanuvchilar hibsga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi