Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2000-yilda Pxenyanda Kim Chen Ir bilan uchrashgan AQSh sobiq davlat kotibi demokrat Madlen Olbrayt AQSh prezidenti Donald Trampni KXDRning hozirgi yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish fikridan qaytardi. Olbrayt tegishli bayonotni CNN telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Trend

Foto: Trend

“Prezident mamlakatlarga oldindan tayyorgarliksiz tashrif buyurmaydi. Sharaf tushunchasi bu holatda o‘rinli emas. Muammo shundaki, Tramp u bilan shaxsiy munosabatlar o‘rnataman deb o‘ylayapti. Bu biznesda bo‘lishi mumkin, biroq AQSh prezidenti uchun amalga oshmaydigan ish”, — dedi Olbrayt.

Olbrayt KXDRga nisbatan siyosatning umumiy tamoyillari haqida so‘z yuritar ekan Pxenyanga bosim o‘tkazish kerak emasligi, biroq u yadroviy davlat bo‘la olmasligini aniq tushuntirish lozimligini ta’kidladi.

Tramp 1-may, dushanba kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida qulay vaziyatda KXDR yetakchisi bilan uchrashishi mumkinligi va buni sharaf deb bilishini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova