Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kubada radarlar ekranidan yo‘qolgan An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Ciber Cuba portaliga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aviahalokat yetib borish qiyin bo‘lgan olis joyda sodir bo‘lgan, bortdagi kishilarning hech biri tirik qolmagan. Halokat haqidagi ma’lumotni An-26 tegishli bo‘lgan Aerogaviota aviakompaniyasi tasdiqladi. Samolyot bo‘laklari Las-Lomas-de-San-Kristobal tumanida topilgan.

NTN24 telekanali avvalroq g‘oyib bo‘lgan layner bortida 39 kishi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Samolyot mamlakat sharqidagi Barakoa aeroportidan reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Yo‘qolib qolish chog‘ida An-26 orol g‘arbidagi Pinar-del-Rio tumani osmonida bo‘lgan.

Butun dunyo bo‘ylab parvozlarni kuzatib boruvchi Flightradar24 veb-servisi samolyot halokati haqidagi ma’lumotni tasdiqlay olmadi. “Biz ushbu reys bo‘yicha axborotga ega emasga o‘xshaymiz”, — deyiladi servisning Twitter’dagi xabarida.

An-26 harbiy-transport samolyoti Kiyev aviazavodida 1969—1986-yillarda ishlab chiqarilgan, jami 1,4 mingta nusxa chiqarilgan. Ularning bir qismi keyinchalik 43 yo‘lovchini sig‘dira oladigan An-26-100 yo‘lovchi variantiga o‘zgartirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi