CNN telekanali AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda Donald Tramp prezidentligi davrida deportatsiyalar soni qisqarganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Yangi prezident qasamyodga keltirilganidan buyon 54,6 ming kishi deportatsiya qilindi, shulardan 30,7 ming nafari jinoyatchilardir. Barak Obama davrida 2016-yil yanvaridan 24-apreliga qadar 62 ming kishi, shu jumladan, 25 ming jinoyatchi mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi.
Ilgariroq AQSh ichki xavfsizlik vazirligi noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilish qoidalari qattiqlashganini ko‘rsatuvchi hujjatlarni e’lon qilgan edi. Eski qonunchilikdagi deyarli barcha istisnolar olib tashlangan edi.
Izoh (0)