Toshkentning Shohimardon mahallasida yashovchi 92 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Inoyat ota Sodiqov “Rohat” avtosalonidan Damas avtomashinasini sotib olib, o‘zi haydab chiqdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
“Jasorat”, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligi” yubiley medallari bilan taqdirlangan otaxon GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomashinani navbatsiz sotib olish va unga bepul texnik xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sertifikatidan foydalandi.
Shuningdek, Yashnobod tumani hokimligi, mudofaa ishlari bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari Inoyat ota xonadonida bo‘lib, Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, Prezident nomidan ikki million so‘m pul mukofotini topshirdi.
10 farzand, 31 nevara, 33 evaraning ardog‘idagi, mudom harakatda bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashuvchi Inoyat ota ushbu imkoniyatlardan behad mamnunligini aytib, minnatdorchilik bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)