KXDR yangi yadro sinovi o‘tkazish uchun tayyorgarlikni yana faollashtirdi. “Tona ilbo” gazetasining xabar berishicha, bu haqda Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar maktabi Amerika—Koreya instituti ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.
Shimoliy Koreyaning Xamgyon-Pukto provinsiyasi Pungyo-ri qishlog‘i hududidagi yadro poligonida navbatdagi yadro sinovini o‘tkazish uchun faol tayyorgarlik jarayoni qayd etilgan.
Ekspertlar sun’iy yo‘ldosh orqali yangi suratlarni tahlil qilib, hisob bo‘yicha oltinchi atom sinovi Pxenyandan tegishli buyruq olinishi bilan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin degan xulosaga keldi.
Gazetaning ma’lum qilishicha, sinov amalga oshirilishi ehtimoli eng yuqori bo‘lgan vaqt bu 25-aprel va 9-may oralig‘idir. Sababi 25-aprel kuni Pxenyanda Koreya xalq armiyasi tashkil topganligi nishonlansa, 9-may kuni Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)