Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Turkiyaning Yevroittifoqqa kirishi borasidagi muzokaralarni to‘xtatish haqidagi qarorni qabul qilishga shoshmaslik lozimligini ta’kidladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Turkiyadagi ushbu tarixiy saylovdan so‘ng biz muloqotning barcha rishtalarini boshqatdan to‘plashga majburmiz”, — dedi u Rheinisch Post nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Gabriel Yevropa Ittifoqidan yanada uzoqlashish yoki uzoqlashmaslik masalasini o‘zi hal etishi lozimligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)