15-aprel kuni Samarqand shahrida tramvaylar harakatiga rasman start berildi. O‘zA axborotiga ko‘ra, tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zi ishtirok etgan.

“Davlatimiz rahbari ‘Tarix muzeyi’ bekatidan ‘Temiryo‘l vokzali’ bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi”, — deb yozadi O‘zA.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa Samarqand shahrida yo‘lga chiqqan birinchi tramvayning ortidan mamlakat rahbariyati korteji harakatlanayotgani aks etgan videolavhalar e’lon qilindi.

Xabar berishlaricha, tramvaydagi “samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekiston hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z borgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!