Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya shimolidagi Dyunkerk chekka qismida joylashgan qochoqlar lagerida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida o‘n kishi jabrlandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Foto: Armenpress

Foto: Armenpress

Mojaro turli etnik guruhlar o‘rtasida yuzaga kelganligi ma’lum qilinmoqda. Shundan so‘ng qarama-qarshilikka politsiya aralashishga majbur bo‘ldi. Ular tartibsizlik ishtirokchilariga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va dubinka qo‘llagan.

Tartibsizliklar oqibatida yong‘in yuzaga kelgan, u butun lagerga tarqalib, uni butunlay yo‘q qilgan.

OAVlarining ma’lum qilishicha, lagerda 1,5 ming qochoq — afg‘on va kurdlar yashab, ular La-Mansh orqali Buyuk Britaniya hududiga o‘tishni rejalashtirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)