KXDRda so‘nggi to‘qqiz yil ichida ilk bor aholini ro‘yxatga olish jarayoni 2017-yilda tashkil etiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur umumxalq tadbirini tashkil etishga Pxenyanga BMTning aholishunoslik jamg‘armasi ko‘mak beradi.
Mamlakatda aholini “xalqaro standardlarga to‘liq rioya qilgan holda” ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilgan. Ushbu tadbirga mahalliy ijtimoiy xizmatlarning 10 minglab xodimi jalb etiladi.
So‘nggi bor 2008-yilda o‘tkazilgan ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR aholisi soni 24 million kishidan oshgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)