Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa ittifoqi Turkiya bilan munosabatlarda migratsiya bilan bog‘liq shartnomaga rioya qiladi. Ittifoq, shuningdek, Turkiyaning ham kelishuvlarga amal qilishini kutmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Ushbu kelishuv o‘zaro ishonch shartnomasi bo‘lib, biz ikki tomon ham o‘z vazifalarini bajarishini kutyapmiz”, — dedi Yevropa komissiyasi vakili.

Avvalroq Turkiyaning Yevropa ittifoqi bo‘yicha vaziri Omar Chelik o‘tgan yili ittifoq bilan erishilgan qochoqlar to‘g‘risidagi kelishuvga rioya qilishdan ma’no ko‘rmayotganligini ma’lum qildi.

14-mart kuni Bosh vazir o‘rinbosari Nu’man Kurtulmush xuddi shunday bayonot bilan chiqish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mazkur bitimga Yevropa ittifoqining turklarga Yevropaga vizasiz kirish huquqini berish haqidagi va’dasi tufayligina rozi bo‘lgan. “Biroq, ko‘rinib turganidek, bu va’da amalga oshirilmaydi”, — dedi vakil.

Vazirning mazkur fikri Turkiya va Niderlandiya o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik mojaroga javob tarzida aytildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi