Qozog‘iston parlamenti deputatlari mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat mustaqilligiga erishish va Qozog‘iston poytaxti — Ostonaning tashkil etilishidagi muhim rolini konstitutsiyaga mustahkamlab qo‘yishni yana taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Mamlakatning bosh qonunida Elboshining bebaho roli, uning noyob o‘rnini aks ettirish va Konstitutsiyaning 91-moddasi 2-bandida mamlakatimizning bebaho qadriyatlariga nafaqat davlat mustaqilligi, balki mustaqil Qozog‘iston asoschisi va yetakchisi Nursulton Abishevich Nazarboyevning maqomi, tamoyillari va islohotlarini ham kiritishni taklif qilaman”, — dedi deputat Bakitgul Xamenova parlament palatalarining 3-mart, juma kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida.
Ma’lumot uchun, mazkur qo‘shma majlisda Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!