Samarqand shahrida noma’lum shaxs ko‘chada qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini haydab qochdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
“Hozirgi paytda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!