Aql-idrok – doimiy ravishda mashq qilishni talab etadigan bilim, mahorat va tajribalardan tashkil topgan murakkab birikma. Agar siz ishda ham, oilaviy hayotda ham muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, xuddi mushaklaringiz singari aqlni ham chiniqtirishga to‘g‘ri keladi. Bugun biz aqlni chiniqtirishga yordam beruvchi tadbirlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Chiniqtiruvchi o‘yinlar
Shaxmat, shashka, domino va boshqa mantiqli o‘yinlar aqlni o‘stirishda juda foydali hisoblanadi.
Odamlar bilan muloqotda bo‘lish
Aqlingizni doimiy ravishda chiniqtirib turishga zamin yaratmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizdagi sizdan ham aqlliroq, bilimliroq va tajribaliroq odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling.
Kitob o‘qish
Ko‘p kitob o‘qiydiganlar miyasini har doim faollikda va bilim orttirish holatida tutib turadi.
Tasviriy san’at
Aqlni chiniqtirish uchun ba’zida bir-ikki soat chizishga vaqt ajrating. Oldingizga aniq bir kartinani chizishni vazifa qilib qo‘ysangiz miyangiz faolroq ishlay boshlaganini sezasiz.
Izoh (0)