Qirg‘izistonda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sobiq davlat rahbari Roza Otunbayevadan mamlakat prezidentligiga nomzodini ilgari surishni so‘ramoqda. Bu haqda K-News ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

Roza Otunbayeva

Foto: “TASS”

Facebook’da ochilgan “Roza Otunbayeva — bizning prezidentimiz 2017” sahifasida shunday da’vat joylashtirilgan.

“Kelinglar, Roza Isoqovnaga mamlakatda o‘zi, bolalari va nabiralari uchun yaxshi hayotni istaydigan fuqarolar qolganini ko‘rsataylik. Kuchli, dono, dunyo va mahalliy siyosatda tajribali ayol bo‘lmasa kim bizni fitnachilar, korrupsiyachilar, makkorlar va jinoyatchilar tortib ketgan botqoqlikdan olib chiqadi? Qo‘shnilar, dunyo hamjamiyati oldida odam uyalmaydigan, risoladagidek yetakchini xohlashimiz haqida aytish vaqti keldi. Biz xalqini sevadigan, hurmatini joyiga qo‘yadigan, ona go‘dagini parvarishlagani kabi g‘amxo‘rlik qiladigan yetakchini istaymiz!”, — deyiladi sahifada qoldirilgan murojaatda. 

Eslatib o‘tamiz, Roza Otunbayeva 2010-yil 19-maydan 2011-yil 31-dekabriga qadar Qirg‘izistonning o‘tish davri prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!