Navoiyda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining viloyatdagi ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatda avtomobil transporti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish va ularning sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Ayni damda viloyatda 94 korxona yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Lizing kompaniyalari, bank kreditlari va tashuvchilarning sarmoyalari hisobidan yangi avtobus va mikroavtobuslar sotib olinmoqda.
Prezidentning yuqorida zikr etilgan qaroriga muvofiq, 2017–2021-yillarda Navoiy viloyatida 8 shahar ichida, 12 shahar atrofida va 29 shaharlararo qatnovchi yangi yo‘nalish tashkil etiladi. Shu davr mobaynida aholiga namunali xizmat ko‘rsatish maqsadida 83 yangi avtobus, 415 ixcham va qulay mikroavtobus xarid qilish rejalashtirilgan. Yo‘lovchilarga zamonaviy sharoit yaratish uchun 4 avtovokzal va stansiya barpo etish hamda rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)