Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiya marosimidan oldin o‘zining Android-telefonidan foydalanishni to‘xtatib, Maxfiy xizmat tasdiqlagan himoyalangan smartfonga almashtirishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Associated Press manbasiga ko‘ra, Trampni avvalgi smartfonidan voz kechishga xavfsizlik xizmati majbur qilgan. U oldin qanday telefon tutgani aniq ma’lum emas, biroq OAV Samsung Galaxy versiyalaridan biri ekanligini taxmin qilgandi. Maxfiy xizmat tasdiqlagan yangi gadjetning modeli va xususiyatlari oshkor etilmagan.

The New York Times Tramp yangi smartfondan tashqari cheklangan kishilarga ma’lum bo‘lgan yangi telefon raqami ham olishini bildirdi. Oldin milliarder bilan bog‘lanish oson edi, uning shaxsiy raqami ko‘plab jurnalistlar, siyosatchilar va shou-biznes vakillarida bo‘lgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi