Vinchenso Montella murabbiylik qilayotgan “Milan” futbol klubi Italiya kubogining chorak finaliga yo‘llanma oldi. Turinning “Torino” klubiga qarshi harakat qilgan milanlik futbolchilar irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.
Uchrashuvda hisob “Torino” futbolchilari tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq “Milan” 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Milan” bir mavsum avval kubok finaliga qadar yetib borgan va yakunda “Yuventus”dan yengilgandi. Keyinroq esa Qatar mezbonlik qilgan Italiya Superkubogida “Yuventus”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Qiziq tomoni, “Milan” Italiya kubogining chorak finalida yana o‘sha “Yuventus” bilan to‘qnash keldi. Bellashuv 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Chorak finalning ikkinchi juftligida “Napoli” va “Fiorentina” klublari o‘zaro hisob-kitob qiladi.
Yana sakkiz jamoa chorak final sari harakatni boshlagan. Quyida ular ishtirokidagi o‘yinlar anonsi keltirib o‘tilgan. “Inter” va “Latsio” ishtirok etadigan juftlik g‘oliblari chorak finalda to‘qnash keladi. “Roma” zafar quchsa, yarim final yo‘lida “Sassuolo” — “Chezena” uchrashuvi g‘olibi bilan bellashadi.
Italiya kubogi 1/8 final 12-yanvar, payshanba
“Milan” — “Torino” 2:1
Gollar: Andrea Belotti, 27 (0:1). Yuray Kutska, 61 (1:1). Jakoko Bonaventura, 63 (2:1).12-yanvar, payshanba“Milan” — “Torino”
17-yanvar, seshanba“Inter” — “Bolonya”
18-yanvar, chorshanba“Latsio” — “Jenoa”“Sassuolo” — “Chezena”
19-yanvar, payshanba“Roma” — “Sampdoriya”
Izoh (0)