AQShning San-Fransisko shahrida istiqomat qiluvchi Meri Mayns va Piter Raunbyulerlar uyining ostonasida puma (Amerika yovvoyi mushugi) bug‘uni o‘ldirib, o‘ljasini olib ketayotgani aks etgan holat uy egalarining videokuzatuv kameralarida qayd etildi.
TJournal nashrining qayd etishicha, juftlik kechasi soat 3:00 atrofida deraza ortidagi ovozlardan uyg‘onib qolgan. “O‘zim bilan ko‘zoynak olganaim uchun, eshikdagi teshikchadan qaraganimda jonzotni shoqol deb o‘yladim”, – dedi Mayns.
Bug‘u yirtqich tomonidan o‘ldirilishidan avval uy hovlisidagi atirgul tuplarini yeyayotgan edi. Videokuzatuv kamerasi puma uy ostonasidan o‘z uljasini olib ketayotgani suratga olgan.
Puma bir necha metr yurganidan keyin bug‘uni qo‘shni uy yaqinida qoldirib ketdi. “Bu qiziqarli holat bo‘ldi, ammo qo‘rqinchli emas”, – dedi Raunbyuler.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)