Rio—2016 Olimpiadasida ishtirok etgan va mamlakat delegatsiyasi uchun birinchi medalni taqdim etib bergan dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev oila qurdi. U o‘z vazn toifasida bronza medaliga ega chiqqandi.
Nikoh marosimi Urganch shahridagi “Dunyo” to‘yxonasida 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Diyorbek O‘rozboyev 1993-yilning 17-avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tavallud topgan. U xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.
Izoh (0)