Apple’ning San-Fransiskodagi bitta do‘koniga to‘rt kun farq bilan ikki jinoiy guruh o‘g‘rilikka tushdi. Talonchiliklarga sarflangan umumiy vaqt 25 sekundni tashkil etdi, deb xabar beradi TJournal.
Har bir o‘g‘rilik o‘n ikki sekunddan davom etdi. Ikki holatda ham jinoyatchilar binoga kirib, qo‘liga ilingan uskunalarni olib ketdi.
Ilgari Apple kompaniyasi jinoyatchilarga texnika o‘g‘irlash imkonini bermaydigan xavfsizlik kabellaridan foydalanar edi. Hozir kompaniya Find my iPhone servisi yordamida uskunani masofadan turib o‘chirib qo‘yish imkoniyatini joriy etgan.
Izoh (0)