BMT bosh kotibining tinchlikparvar operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Erve Ladsus rossiyalik harbiy xizmatchilar tashkilotning tinchlikparvar operatsiyalarida faolroq ishtirok etishini kutmoqda. Bu haqda u “TASS”ga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qildi.
“Umid qilamanki, rossiyaliklar, ayniqsa harbiylar tinchlikparvarlik faoliyatiga kengroq jalb etiladi”, — ma’lum qildi amaldor.
BMT tinchlikni qo‘llab-quvvatlash operatsiyalari departamenti ma’lumotlariga qaraganda, ayni paytda rossiyalik 97 nafar harbiy va politsiyachi xalqaro tashkilotning to‘qqiz missiyasida xizmat ko‘rsatmoqda.
“Ishonchim komilki, bu sonni ko‘paytirish mumkin, axir oxirgi bir yilda harbiy xizmatchilar soni ortdi”, — ta’kidladi Ladsus.
Izoh (0)