Amerikalik aktyor, yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan Stiven Sigal Moskvaga yetib keldi va RF fuqarosi pasportini olishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Aktyorning vakili Anar Reyband matbuot vakillari bilan muloqot chog‘ida Sigal Rossiya poytaxtiga aslida 19-noyabrda uchib kelganini aytdi.
Shuningdek, u Sigal hozircha Rossiya pasportini olmaganini, ammo bu eng yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishini qayd etdi.
Sigalning Moskvaga tashrifi dasturi oshkor etilmayapti.
Shu bilan birga, Life portaliga ko‘ra, aktyorni Moskva markazida — Stoleshnikovo tor ko‘chasida ko‘rishgan. U yerda syomka jarayonlari davom etmoqda. Gollivud yulduzi ushbu syomkada ishtirok etayotgani aytilmoqda. Gap qanday film haqida ketayotgani noma’lum, ammo ilgari rejissor Nikita Mixalkov Stiven Sigal bosh rolni ijro etadigan kartinani suratga olishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)