Kreml LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ining bloklanishi senzura sifatida qabul qilinishidan cho‘chimaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Rossiya idorasi (‘Roskomnadzor’) qat’iyan qonunga muvofiq harakat qilmoqda”, — ta’kidladi Peskov.
“Idora tegishli kompaniyalardan Rossiya qonunlari va qoidalariga amal qilishni so‘ramoqda”, — qo‘shimcha qildi u.
Bir muddat ilgari LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i Rossiya qonunchiligini buzgani uchun u mamlakat hududida bloklanishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)