Lenovo kompaniyasi Xitoyda yangi Moto M smartfonining taqdimotini o‘tkazdi. Kumush va tilla rangli metallik korpusdagi modelning texnik tavsifi yuqori bo‘lishi barobarida uning narxi ham qimmat emas, deb xabar qiladi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Smartfonning ko‘rsatkichlari anonsdan oldinroq ma’lum bo‘lgan edi, shu bois taqdimot kutilmagan yangiliklarga boy bo‘lmadi. Faqatgina chipset farqlanishi ma’lum bo‘ldi — smartfon kutilgan MediaTek Helio R10 o‘rniga P15 protsessoriga ega bo‘lib chiqdi.
Bundan tashqari, Moto M Micro-USB o‘rniga USB Type-C portiga ega bo‘ldi. Smartfon korpusi P2i nanoqoplamasiga, shuningdek, yomg‘ir va suv tomchilaridan himoyaga ega.
Xitoyda Moto M 11-noyabrdan sotuvga chiqadi. Uning narxi 1999 yuanni (295 dollar) tashkil etadi.
Texnik tavsif
Chipset: 8 yadroli MediaTek Helio P15, 2,2 GGs chastotali, grafika — Mali-T860MP2Operativ xotira: 4 Gb
Doimiy xotira: 32 Gb
Ekran: 5,5 dyuym, 1920x1080 nuqta
Asosiy kamera: 16 Mp, fazali avtofokus
Frontal kamera: 8 Mp
Akkumulyator: 3050 mA/soat, USB Type-C orqali tez quvvatlantiriladi
Barmoq izlari skaneri: orqa qopqoqda
Akustika: Dolby Atmos
Aloqa: SIM-karta uchun ikkita slot, 4G LTE
Operatsion dastur: Android 6.0 Marshmallow
Korpus: metal
Ranglar: kumushrang, tillarang
Izoh (0)