Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyalik “radiobezori” Virgin kompaniyasining mahalliy aeroportlardan biriga qo‘nayotgan layneri uchuvchisi bilan bog‘lanib, undan pasayishni to‘xtatishni so‘radi. Kema kapitani o‘zini dispetcher deb tanishtirgan bezorining buyrug‘ini bajardi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Avia.pro”

Foto: “Avia.pro”

Uchuvchi bezorining ko‘rsatmasi bilan samolyotni 1,2 km balandlikka olib chiqdi va Melburnning shimoli-g‘arbiy hududi ustida aylana boshladi. Xayriyat, hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.

Shundan so‘ng bezori yana aeroportga qo‘ng‘iroq qildi, ammo bu safar o‘zini yengil motorli samolyot uchuvchisi deb tanishtirdi. U halokatga uchrayotganini xabar qildi va yordam so‘radi. Bir necha kun ichida bezori Melburndagi ikkita aeroportga 15 marta qo‘ng‘iroq qildi.

Yovuz niyatli politsiya tomonidan qidirilmoqda. Uni tutib olishsa, u 20 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi
Mahalliy
Turkiyada 22 yoshli o‘zbek fuqarosi vatandoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
AQSH Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal yaratishni qo‘llab-quvvatladi