8-noyabr, seshanba kuni mototsikl mingan noma’lum shaxslar Nigeriya shimolidagi Zamfara shtatida oltin koni yaqinida kamida 36 kishini o‘ldirib ketdi, deb yozadi “TASS” AFP’ga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida oltin qazuvchilar va oltin sotuvchilar bor.
Hujum nima maqsadda uyushtirilgani noma’lum. Shtat gubernatori ushbu hujumni terrorchilik harakati deb atadi.
Izoh (0)