Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Florida va Shimoliy Karolinada asosiy raqibi, Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda, New York Times va Fox News’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Floridada byulletenlarning 99 foizi ko‘rib chiqilgan, unda Tramp 49,1 foiz ovoz olgan, Klinton esa 47,7 foiz saylovchi ovoz bergan, deb yozadi New York Times. Floridadagi g‘alaba Trampga tanlovchilar hay’atining 29 ta ovozini beradi.
Fox News axborotiga ko‘ra, Shimoliy Karolinadagi ovozlarning 83 foizi hisoblab chiqilgan bo‘lib, unda Tramp Klintonni 3,4 foizga ortda qoldirmoqda; dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikachilardan nomzod shtatda 50,4 foiz ovoz olgan. Qayd etish joiz, Shimoliy Karolinada tanlovchilar hay’atida 15 o‘ringa ega.
Toshkent vaqti bilan 9:40 holatiga ko‘ra, Tramp tanlovchilar hay’atining 216 ta, Klinton esa 209 ta ovozini qo‘lga kiritgan. AQShning 45-prezidentiga aylanish uchun, nomzod tanlovchilar hay’atining kamida 270 ta ovozini olishi lozim.
[playbuzz-item playbuzz_url="muhrima10/aqsh-prezidenti-saylovida-kim-g-olib-chiqadi"]
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)