O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi raqibi Xitoy italiyalik mutaxassis Marchello Lippini rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.
Bunga qadar terma jamoani boshqarib kelgan Gao Xanbo Toshkentdagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.Lippi bilan Xitoy o‘zining ilk uchrashuvini 15-noyabr kuni Qatarga qarshi o‘tkazadi. JCh—2018 saralashining 4-turidan keyin Xitoy 1 ochko bilan olti jamoa orasida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, Lippi Xitoyda yiliga 18 million funt maosh oladi. Bu esa uni dunyodagi eng serdaromad murabbiyga aylantiradi. Bunga qadar 16,2 million yevrolik maosh bilan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ro‘yxatda birinchi bo‘lib turgandi.
Lippi 2012—2014-yilgi mavsumlarda ham Xitoyda faoliyat olib borgan bo‘lib, “Guanjou Evergrand” klubini boshqargan. U 2006-yil Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)